“BIZ RADIKALIZM, MISSIONERLIK VA PROZELITIZMGA QARSHIMIZ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI
Samarqand davat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlari o‘rtasida “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz” mavzusida institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O‘.Xudayarov, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakilligi mas’ul xodimi T.Amirov Samarqand viloyat prokuraturasi xodimi P.Islomov, Samarqand viloyat IIB terrorizmga qarshi kurash bo‘limi xodimi D.Tirkashev, Samarqand viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimi X.Nurullayev, Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi bo‘limi mudiri R.Komilovlar bilan birgalikda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishib, vijdon erkinligi va diniy bag‘rikenglik masalasi ijtimoiy hayotda har doim muhim va dolzarb masala bo‘lib kelayotganligini, uning zamirida shaxsning huquq va erkinligi, demokratik prinsiplar, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi muhim ijtimoiy siyosiy, huquqiy va ahloqiy tushunchalar yotishi, vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, ularning sog‘lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi, shu bois masalaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ahamiyati g‘oyat muhimligini aytib o‘tishdi. Bugungi kunda ayrim fuqarolar, jumladan yoshlarimiz ham missionerlar domiga tushib qolayotgani, o‘zlari tushunmagan holda arzimagan pul yoki rag‘bat evaziga boshqa dinga e’tiqod qilish holatlari uchrayotgani, radikalizm, missionerlik va prozelitizm o‘zi nima ekanligi, uning salbiy tomonlari haqida tushunchalar berildi.
Bu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, talaba-yoshlar ongida raddikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshi immunitetni oshirish bo‘lib, yoshlarni doimo ezgulikka chorlash bo‘lib hayot sinovlarida o‘zini oqlagan qadriyat va an’analarni ajdodlardan avlodlarga yetkazishdagi beqiyos o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligi, doimo e’tiborli bo‘lish, har qanday oqimlarga qo‘shilib qolmaslik ta’kidlandi.