“BIZ KELAJAK UCHUN JAVOBGARMIZ” MAVZUSIDA ILMIY AMALIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida 2019 yil 24 may kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyati partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qo‘mitasi rahbarlari, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida “Biz kelajak uchun javobgarmiz” mavzusida ilmiy amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy amaliy seminar O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qo‘mitasi rahbarlari T.Xoshimov, E.Eshonqulov va Sh.Eshqobilovlar hozirgi kundagi global va lokal ekologik muammolarning jamiyatimizga salbiy ta’sirlari, ekologik ong va madaniyatni shakllantirish muammolari, mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga, ekologik havsizlikka erishish, hozirgi kelajak avlod uchun qulay atrof muhitni yaratish, ekologik tizimlar hamda tabiiy resurslarni saqlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Ustav va Dasturi, Partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish, ularni targ‘ib qilish ishlari haqida gapirib o‘tdilar.
Ilmiy amaliy seminarda talabalar va partiya a’zolari o‘rtasida qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.