BIR ZIYOLI, BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY
Viloyatimizda “Bir ziyoli, bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borishmoqda, shu bilan bir qatorda joylardagi muammolar hal etilishida mahalla faollariga yaqindan yordam berishmoqda.
Xususan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish insitutining bir guruh professor-o‘qituvchilari Toyloq va Urgut tumanidagi mahallalarga biriktirilgan bo‘lib tumanlarda uyushtirilayotgan ma’naviy tadbirlarda professor-o‘qituvchilar va mahalla raislariga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni, 5 muhim tashabbusni keng targ‘ib qilish, temir daftarga kirgan oilalarni ro‘yxatdan chiqarish, ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va bandligini ta’minlash, mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni jonlantirishga ko‘maklashish hamda holatini tahlil qilib borish lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida seminar-trening tashkil etildi.
#mahalla #OTM #hamkorlik
SamDAQI Axborot xizmati