Bir kamar bir yo‘l xalqaro konferensiyasida bizning o'qituvchimiz ishtirok etdi
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti qurilish fakulteti “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi o‘qituvchisi A.Qo‘ldosheva 2018 yil 23-25 sentabr kunlari Xitoy davlatining Xenan viloyati Luoyant shahrida “One belt and road” (Bir kamar bir yo‘l) xalqaro konferensiyada Samarqand viloyatidan vakil sifatida ishtirok etdi.
“Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklash” dasturi asosida tashkil qilingan xalqaro konferensiyada 60 dan ortiq davlatdan qatnashchilar ishtirok etib, unda turizm, avtomobil va temir yo‘llarini qayta tiklash, yo‘llar atrofidagi infrastrukturalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ma’ruzalar tinglanib, muhokamalar o‘tkazildi.