SAMDAQIDA “YANGI O‘ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK” SHIORI OSTIDA MUSTAQILLIKNING 30 YILLIGI VA “BILIMLAR KUNI” BAYRAMI TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 6 sentabr kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida Mustaqillikning 30 yilligi va “Bilimlar kuni” ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Abituriyentlikdan birinchi bosqichga qadam qo‘ygan talabalarni institut rahbariyati xususan institut v.v.b. rektori Erkin Isakov, shuningdek barcha prorektorlar va fakultet dekanlari talabarlarni iliq kutib olib kelgusida o‘qish va ishlarida zafarlar yor bo‘lishini tiladilar.

Ma’lumot uchun joriy o‘quv yilida institutimizga bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga 1725 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 250 nafar hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 108 nafar yoshlarni, umumiy hisobda 2083 nafar yigit-qizlar talabalikka qabul qilindilar.

 

  

 


SamDAQI Axborot xizmati