besh yil ish stajiga ega boʻlgan xodimlarni suhbat asosida qabul qilish, suhbat jarayonlari olib borildi
2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarorning 21-bandi ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2021-yil 24-sentyabrdagi 84-02-7020-sonli xati bilan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yildagi ikkinchi va toʻrtinchi bayonlari bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 6-oktabr 02/15-4/1-3634-sonli xatiga asosan, vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari tomonidan kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan xodimlarni respublika oliy taʼlim muassasalarining sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etish tartibiga muvofiq bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida talabgorlar bilan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari tomonidan kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan xodimlarni suhbat jarayonlarini shaffofligini ta’minlash maqsadida komissiya a’zolari bilan birgalikda vazirlik va idoralar vakillari ishtiroki ham ta’minlandi. Jarayon to‘liq video-kuzatuv nazoratida olib borildi.
SamDAQI Axborot xizmati