“Barkamol qizlar tarbiyasi”
#uchrashuv
2021 yil 29 oktabr “Qurilish” fakulteti talaba qizlari bilan “Barkamol qizlar tarbiyasi” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Boboqulova, fakultet dekani A.Bayzakov, dekan oʻrinbosarlari B.Rasulov, A.Kamolov, fakultet xotin-qizlar maslahat kengashi yetakchisi N.Shodmonqulova qatnashdilar.
Tadbirda M.Boboqulova qizlar jamiyat mustahkamligi va maʼnaviy yetukligining garovi ekanligi, davlatning qudrati – Vatan taqdiri sogʻlom fikrli, bilimli, axloq-odobli insonlarga bogʻliqligi, barkamol mutaxassis-qizlarni tarbiyalash davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi va ayollar haq-huquqlari, ularning erkin baxtiyor yashashlashlari uchun hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlar, Gender tenglik va talaba-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish maqsadida tashkil qilingan Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim Vazirligining 1006 qisqa raqamli ishonch telefoni va “@himoya_otv_bot”i haqida keng qamrovli tushunchalar berdi.
Fakultet dekani A.Bayzakov jamiyatda, institutda va fakultetda talaba-qizlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida tushunchalar berdi.
Tadbir davomida talaba-qizlar fakultet dekani, dekan oʻrinbosarlari va fakultet xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
SamDAQI Axborot xizmati