Ayol borki, olam munavvar!

2019 yil 6 mart kuni institut faollar zalida 8 mart — “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan “Ayol borki, olam munavvar” deb nomlangan badiiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori S.I.Axmedov institut xotin-qizlarini tabrikladi va xotin-qizlarning har biri bayram munosabati bilan 150 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanganligini haqidagi buyruqni e’lon qildi.

Institut xodimlar va talabalar institut boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan bir guruh nafaqadagi faxriy o‘qituvchi va xodimlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bayram kechasida yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti, institut xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tayyorlangan badiiy-musiqiy dastur namoyish qilindi.

Tadbir qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.