AXBOROT XATI
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 20 yanvardagi 33-f sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda xalqaro va respublika miqyosida o’tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik konferensiyalar rejasi"ga asosan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2016 yil 15-16 aprel kunlari “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasida olimalarning o’rni” mavzusida vazirlik miqyosida ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkaziladi.
Konferensiyaning yo’nalishlari:
- fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasida ijtimoiy-gumanitar fanlarning o’rni;
- qurilish, arxitektura, texnika, dizayn va san’atshunoslik sohalarini rivojlantirish konsepsiyasi: muammo va yechim;
- iqtisodiyot, bank ishi, turizm, servis sohalarida investision iqlim va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish;
- axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishda qo’llash istiqbollari;
- sog’liqni saqlash sohasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari;
- qishloq xo’jaligida zamonaviy texnologiyalarni qo’llash istiqbollari;
- ta’lim-tarbiya va pedagogika sohasida kadrlar sifatini oshirish muammolari va yechimlari.
Konferensiyaning rasmiy tillari: o’zbek, rus va ingliz.
Ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishni hohlovchilar 3-5 sahifa hajmdagi va puxta tahrirlangan materiallarini konferensiya to’plamida chop ettirish uchun 2016 yil 20-martigacha Samgasi-olimaconf@umail.uz elektron manziliga yoki Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limiga qog’oz va elektron ko’rinishda taqdim etishlari lozim.
Maqolalarni rasmiylashtirishga quyiladigan talablar:
- ilmiy konferensiyada ishtirok etish uchun mualliflar o’z ma’ruzalarini Word muharririda Times New Roman shriftida 14 o’lchamda, 1,5 intervalda, A-4 qog’ozda rasmiylashtirilishi lozim. Qog’ozning tepasidan 2 sm, pastdan 2 sm, chapdan 2 sm, o’ngdan 2 sm qoldirib yoziladi.
- sarlavhada ma’ruzaning nomi, ma’ruzachining f.i.sh., lavozimi, tashkilot nomi, bog’lanish uchun telefon raqami, elektron manzili sahifaning o’rtasida joylashgan bo’lishi kerak;
Konferensiya yakunida “Eng yaxshi ilmiy ishlanma”, “Eng yaxshi innovasion g’oya” va “Eng yaxshi ma’ruzachi” tanlovi o’tkaziladi, g’oliblar sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar. Konferensiya materiallari to’plami mualliflar matnidan bevosita o’zgartirishsiz chop etiladi. Muddatidan kechiktirib topshirilgan yoki talablarga javob bermaydigan tezislar qabul qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Konferensiya materiallarini to’plam shaklida chop etish uchun ishtirokchilar tezislarni har bir sahifasi uchun 8000 so’m miqdorida tashkiliy badal mablag’ini to’lashlari zarur (ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi). Tel. (0366) 237-18-47.
Murojaat uchun tashkiliy qo’mita:140147, Samarqand sh., Lolazor ko’chasi 70 uy. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi, (0-366)237-18-47 va institut xotin qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti, (+99890)530-67-54, (+99894)5306754 Ibragimova Musavvara Ochilovna.
e-mail: Samgasi-olimasonf@umail.uz
Axborot xati SamDAQIning rasmiy https://samgasi.uz saytida berilgan.