«Arxitektura va qurilish sohalarida innovasion texnologiyalarni qo’llash istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
|
|
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISh INSTITUTI
|
AXBOROT XATI
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 yanvardagi 33-f sonli Farmoyishiga, hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 23 yanvardagi 27-sonli buyrug’iga binoan, Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2016 yil 27-28 may kunlari «Arxitektura va qurilish sohalarida innovasion texnologiyalarni qo’llash istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya o’tkaziladi.
Konferensiya quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ish olib boradi:
- arxitekturada an’anaviylik va zamonaviylik munosabatlari, sohada erishilgan mamlakatimiz va xorij tajribalari;
- qurilish materiallari, konstruksiyalari, texnika va texnologiyalarini innovasion rivojlantirish istiqbollari;
- geodeziya, kartografiya va kadastr sohasiga zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish istiqbollari; Aerokosmik tadqiqotlar.
- muhandislik kommunikasiyalari sohasida innovasion texnologiyalar;
- arxitektura-qurlish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar;
- arxitektura va qurilish tizimlari uchun mutaxassislar tayyorlash va soha xodimlarining malakasini oshirish;
- mamlakatni modernizasiyalash sharoitida qurilish iqtisodiyoti va menejmentinig nazariy va amaliy muammolari.
Konferensiyaning rasmiy tillari: o’zbek, rus va ingliz tillari
Konferensiyada ishtirok etish uchun mualliflar o’z tezislarini quyida keltirilgan talablar asosida bir nusxada qog’oz va elektron ko’rinishida yoki elektron pochta orqali 1 may 2016 yilgacha puxta tahrirlangan holatda quyida keltirilgan manzilga topshirishlari yoki jo’natishlari mumkin. Muddatidan kechiktirib topshirilgan yoki talablarga javob bermaydigan tezislar qabul qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Maqolalarni rasmiylashtirishga talablar:
- Matn Microsoft Word formatida;
- A 4 formatda, kitob ko’rinishida;
- har tomondan 2 sm hoshiya qoldirilishi kerak;
- shrift - Times New Roman;
- o’lchami -14 pt;
- abzas - 1 sm, oraliq – 1,5;
- tekislash eni bo’yicha;
- rasm va grafiklar (300 dpi) *.tif, *.psd va *.jpg formatlarida berilishi kerak;
- sarlavhada ma’ruzaning nomi, ma’ruzachining f.i.sh., tashkilot va davlat nomlari sahifaning o’rtasida joylashgan bo’lishi kerak;
- adabiyotlarga murojat (havola) katta qavs ichida ko’rsatiladi.
Respublikamizdan ishtirok etuvchilar har bir sahifa uchun 10000 so’m miqdorida, chet el ishtirokchilari uchun har bir sahifaga 5 AQSh $, O’zR MB kursi bo’yicha tashkiliy badal mablag’ini to’lashlari zarur.
Hisob raqami: Moliya vazirligi g’aznachiligi, h/r 23402000300100001010 Markaziy bank XKKM Toshkent, MFO 00014, INN 201122919, shxv 400110860184017950100079004 INN 201213353.
IShTIROKChINI RO’YXATGA OLISh ShAKLI
Ishtirokchining to’liq f.i.sh. |
|
Tashkilot (nomi) |
|
Seksiya (nomi) |
|
Lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni |
|
Manzil |
|
Telefon |
|
Faks |
|
E-mail |
|
Ma’ruzaning qischqacha mazmuni |
|
Ishtirok shakli (ma’ruza/ko’rgazma) |
|
Mehmonxonaga extiyoji (kerak/kerak emas) |
|
Mehmonxonada yashash va yo’l harajatlari ishtirokchining o’z hisobidan amalga oshiriladi.
Murojaat uchun tashkiliy qo’mita:
140147, Samarqand sh. Lolazor ko’cha 70.
SamDAQI. Tel: (0-366) 237-18-47,
Faks: (0-366) 237-26-30,
E-mail: samgasikonf-2016@umail.uz
Xushvaqtov Usmon Ashurovich