“Arxitektura” fakulteti yoshlari tomonidan "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi

#zakovat

Joriy yilning 30 mart kuni institutimiz 5 tashabbus markazi faollar zalida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda “Arxitektura” fakulteti yoshlar ittifoqi faol a’zolari va iqtidorli talabalari tomonidan "ZAKOVAT" intellektual o‘yini tashkil etildi.

O‘yin natijalariga ko‘ra jamoalar quyidagi o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar:

I o‘rinni “Pratsadura” jamoasi;
II o‘rinni “Kadastr” jamoasi;
III o‘rinni “Respect” jamoasi qo‘lga kiritdilar.

G‘olib jamoalar diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Tashkilotchi va ishtorokchilarga SamDAQI Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi hamda SamDAQI yoshlari nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

  

  

  


SamDAQI Axborot xizmati