"ARXITEKTURA" JAMOASI BIRINCHILIKNI QO‘LGA KIRITDI

#sport #futbol

⚽️ Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Xodimlar va talabalar boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan 21 mart “NAVROʻZ” bayramiga bagʻishlangan institut professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi tashkillashtirilgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Futbol musobaqasi qizg‘in davom etib, kutilmagan natijalar qayd etildi. Forvard jamoalar o‘rtasida mustahkam iroda ko‘rsatib I o‘rinni “Arxitektura ” fakulteti jamoasi, II oʻrinni “Qurilishni boshqarish” fakulteti professor-oʻqituvchi va xodimlari egalladilar.

Bu kabi o‘yinlar yana tez kunlarda tashkillashtirilishi kutilmoqda, bizdan uzoqlashmang, xabarlarni kuzatib boring.

 

  

 

  


SamDAQI Axborot xizmati