SOG‘ TANDA — SOG‘LOM AQL! “ARMWRESTLING”


 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti hamda “Arxitektura” fakulteti yoshlari hamkorligida yigitlar o‘rtasida, sportning “ARMWRESTLING” turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

“Sog‘ tanda — sog‘lom aql” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda talaba-yoshlar shaxsiy birinchilik ustida o‘zaro kuch sinashdilar.

Qizg‘in o‘tgan bahslarda g‘‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, “Arxiektura” fakulteti birinchi bosqich talabasi, Paralimpiya bo‘yicha “ARMWRESTLING” sport turi o‘yinlarida Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Mirzayev Doniyorga sport musobaqasini tashkil etishda faolligi uchun institut ma’muriyati va tashkilotchilar nomidan minnatdorchilik bildiradi.

 

 

  


SamDAQI Axborot xizmati