AQShning Vebster universiteti magistraturasiga o‘qish uchun grant

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQShning Vebster universiteti bilan hamkorlikda magistratura bo‘yicha 2018-2019 o‘quv yilida  Vebster universitetining TESL “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” akademik dasturi taqdim etilmoqda.

Ushbu bir yillik magistraturani tugatgan o‘qituvchi yoki talabalarga O‘zDJTU va Vebster universitetlarining “Ingliz tili o‘qituvchisi” halqaro magistrlik qo‘shma diplomi beriladi.

Mazkur magistraturaga mutaxassisligidan qat’i nazar, bakalavr darajasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar yoki bitiruvchi bosqich talabalar hujjat topshirishi mumkin.

O‘qish muddati 1 yil (2018-2019 o‘quv yili).
O‘qish turi kunduzgi va kechki.
O‘quv jarayoni haftada ikki kun. 
Tulov kontrakt miqtori 4000 $ (AQSh dollari)

Xujjat topshirishning oxirgi muddati 2018 yil 20 avgustь.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni SamDAQI xalqaro aloqalar bo‘limidan olishingiz mumkin.

Institut xalqaro aloqalar 
bo‘limi telifoni:                                    +99 866 237 05 32 
                                                           +99 890 657 43 86