AQSHNING NUFUZLI OTMLARI BILAN HAMKORLIK SHARTNOMALARI IMZOLANISHI KUTILMOQDA
#xalqaro_hamkorlik #AQSH
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti yaqin kelajakda AQSHning nufuzli oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida uzoq muddatga moʻljallangan hamkorlik shartnomasini imzolaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021-yil 27-martdagi 20/10933-sonli xatiga koʻra, joriy yilning 7-aprelida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakillari, respublikaning tegishli oliy taʼlim muasssalari, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti hamda AQSHning bir qator universitetlari oʻrtasida onlayn uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda AQSHning Oʻzbekistondagi muxtor elchisi Deniel Rozenblyum qatnashdi va ikki davlat OTMlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini qo‘llab quvvatlashini taʼkidladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi xalqaro aloqalarni tashkil etish boʻlim boshligʻi Ergashev Yoqubjon Abdullayevich hamda institut professori Gadoyev Abror Niyozovich va xalqaro hamkorlik boʻlim boshligʻi Ilyosov Farrux Inoyatillayevich va boshqa OTM rahbar xodimlari hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
SamDAQI Xalqaro hamkorlik bo‘limi
SamDAQI Axborot xizmati