“Amir Temurning milliy o’zbek davlatchiligi shakllanishidagi tarixiy xizmatlari” mavzusidagi talaba-yoshlarning ilmiy-amaliy seminar

“O’zbekiston tarixi”, “Chet tillar”, “Ijtimoiy fanlar” kafedralari, “Kamolot” YoIH institut boshlang’ich tashkiloti,  SamDAQI Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti tomonidan2016 yil 8 aprel kuni institut faollar zalida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 680 yilligi munosabati bilan “Amir Temurning milliy o’zbek davlatchiligi shakllanishidagi tarixiy xizmatlari” mavzusidagi talaba-yoshlarning ilmiy-amaliy seminari hamda “Amir Temur dahosiga ehtirom” nomli badiiy musiqiy kecha o’tkazildi. Ilmiy-amaliy seminarda “Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi”  (I.Madatov, 103-BvaIQ guruhi talabasi), “Samarqand – Amir Temur davlatining poytaxti” (N.Masariddinova, 104-Kxalte guruhi talabasi), “Amir Temur ilm-fan va madaniyat xomiysi” (S.Jo’raboyev, 103-BvaIQ guruhi talabasi), “Amir Temur davrida arxitektura va san’at” (B.Norbekov, 103-BvaIQ guruhi talabasi), “Amir Temurning jahonshumul tarixiy xizmatlari” (F.Xo’janazarov, 103-BvaIQ guruhi talabasi), “Amir Temur va temuriylar davrida o’zbek adabiyoti va o’zbek tilining rivoji” (O.Xudoyberdiyev, Sh.Eliboyeva,  102-Kxalte talabalari) mavzularidagi ma’ruzalar tinglandi. Institutimiz talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari, dilrabo kuy va qo’shiqlar asrlar osha yashab kelayotgan Amir Temur va temuriylar madaniyatining yana bir sahifasini ko’z o’ngimizda gavdalantirdi.