2017 yil 15 fevralda kuni SamDAQI 1-son akademik litseyida “Terrorizm-taraqqiyot dushmani” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Samarqand davlat arxitektura- qurilish instituti qoshidagi 1-son akademik litseyda 2017 yil 15 fevralda o’quvchilar va o’qituvchilar o’rtasida “Terrorizm-taraqqiyot dushmani” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.Tadbirga 1-son litsey direktori I.Abdullayev, Samarqand viloyati MXX boshqarmasi xodimi A.Mamadiyorov, Samarqand viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bo’lim boshlig’i A.Jabborov, Samarqand shahar X.I.Vali masjidi imom xatibi Y.Mansurov, SamDAQI akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo’yicha prorektori A.Gadayev, Samarqand shahar 3-son IIB VEO’NHOO bo’yicha profilaktika inspektori, litsey ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M.Abduhakimova, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi D.Shermatova, litsey psixologi M.Qurbonova, «Komolot» yoshlar ijtimoiy harakati yetakchisi M.Olmurodovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir so’ngida “Umr zavoli” filmi namoyish etildi. Ushbu tadbirga akademik litseyning 29 nafar o’qituvchisi va 322 nafar o’quvchi yoshlari ishtirok etishdi.