SamDAQI REKTORI S.I.AXMEDOVNING PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR BILAN UCHRASHUVI

 2017  yil  31 yanvar kuni  institut faollar zalida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan SamDAQI rektori S.I.Axmedovning institut  professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Dastlab rektor S.I.Axmedov yig‘ilganlarga vazirlik hamda viloyat hokimligi tomonidan berib kelinayotgan topshiriqlarga institut ma’muriyati qay tarzda javob berayotganligi, kundalik ish jarayoni, topshiriqlarning bajarilish holati, yo‘l qo‘yilayotgan ba’zi kamchiliklar, ayrim jamoa a’zolarining ishga bo‘lgan munosabati va shu kabilar to‘g‘risida gapirdi. Shundan so‘ng institutdagi mavjud voqeilik, jumladan, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, shuningdek gaz ta’minotidagi noxushliklar, ular uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan to‘lovlar va bunda viloyat hokimiyatining qat’iy  topshiriqlari haqida so‘zladi. Ushbu uchrashuv davomida institutdagi mavjud 25 ta kafedradan usha vaqtda darsi bo‘lmagan professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Mazkur tadbir qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Barcha  savollarga institut rektori S.I.Axmedov aniq va to‘liq  javoblar berdi.