90 MING YEVROGA TENG “TARIXIY OBIDALARNI SAQLASH VA REKONSTRUKSIYA QILISH” LOYIHASI ISHGA TUSHIRILDI
Kuni kecha institutimizda Germaniyaning Potsdam universiteti raxbarlari va professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda “Tarixiy obidalarni saqlash va rekonstruksiya qilish” mavzusida ZOOM platformasi orqali uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Gemaniya Federativ Respublikasining “DAAD” talabalar almashinuvi taʼlim dasturi xodimlari va Potsdam Universitetining vakili Eva Shmitt-Rodermund, “Arxitektura va shahar qurilishi” yoʻnalishi professori Markus Tubbesing, “Qurilish muhandisligi” yoʻnalishi professori Yorg Roder, “Qayta tiklash va rekonstruksiya qilish ” yoʻnalishi professori Stefan Laune va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Sulton Axmedov, Toshkent arxitektura qurilish instituti hamda Buxoro davlat universiteti rahbar xodimlari ishtirok etdilar.
Online uchrashuv mobaynida 2021-2023-yillar uchun mo‘ljallangan, qiymati 90 ming yevroga teng “Tarixiy obidalarni saqlash va rekonstruksiya qilish” loyihasi ishga tushirildi.
Ushbu loyiha har ikkala tomon talabalari va ilmiy xodimlarining xorijiy ilmiy stajirovka va malaka oshirish kurslarini amalga oshirishda xizmat qiladi.
SamDAQI Axborot xizmati