2021 yilning 4-5 noyabr kunlari SamDAQIda 2-mutaxassislik uchun kirish sinovlari bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz

2021/2022 oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olmoqchi bo‘lgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi ta’limni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 13 avgustdagi 15-son bayoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 21 avgust kuni 1844-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi PQ-3183-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 930-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muasasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom” hamda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayonlari ijrosini ta’minlash maqsadida:

2021 yilning 4-5 noyabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida kirish sinovlari bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

*eslatma: Pastdagi faylda talabgorlarning guruhi, imtihon vaqti va manzilini aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, kechikmasdan mtihondan 1 soat barvaqtroq kelishlarini tavsiya etamiz. Imtihon jarayonlariga kechikkan talabgorlarga kirish ruxsat etilmaydi.

Ro‘yxatni yuklab olish

SamDAQI Axborot xizmati