2016-2017 Xitoy hukumati Grantlar dasturi

2016-2017 Xitoy hukumati Grantlar dasturi

Harbin muhandislik universiteti xalqaro talabalar uchun grantlar dasturini taqdim etadi. Ta’lim, o’quv materiallari, turar joy (talabalar turar joyi), sug’urta shuningdek, asosiy kurs (3-yil magistratura yoki 4-yil doktarantura)ni boshlashdan oldin 1- yil Xitoy tilini o’qitish, ushbu grant tomonidan qoplanadi. Shu jumladan, talabalarga o’qish davomida oylik stipendiyalar berib boriladi.
Stipendiyalar:
Magistratura talabalari uchun: 3000(yuan) RMB
Doktarantura talabalari uchun: 3500(yuan) RMB
Izoh:Xalqaro aviachipta to’lovlari bundan istisno bo’lgan holda.

Dastur uchun zarur hujjatlar:

  1. Surovnoma (http://laihua.edu.csc.cn) ushbu saytda Xitoy yoki Ingliz tilida to’g’ri va aniq to’ldiriladi. To’ldirilgan surovnoma shu sayt orqali onlayn tarzida taqdim etiladi va yuklab olinib printrdan chiqariladi.(Barcha hujjatlar bitta asl va ikkita ko’chirma nusxa qilib tayyorlanadi).
  2. Diplom nusxasi va ilovasi(notarius tasdiqlagan bo’lishi shart). Magistratura uchun bakalavr diplomi, doktarantura uchun magistr diplomi taqdim etiladi. Bitiruvchi kurs talabalari reyting daftarchasini va bitiruvchi talabaligini tadiqlovchi guvohnomasini taqdim etishi shart. Hujjatlar xitoy yoki ingliz tilida tayyorlanishi shart.
  3. Ilmiy-tadqiqot rejasi xitoy yoki ingliz tilida yozilishi shart. (800 ta so’zdan kam bo’lmasligi shart).
  4. Institutning tegishli soha professor-o’qituvchisi yoki assistant-o’qituvchisi tomonidan ikkita tavsiyanoma.
  5. Chet elliklar uchun tibbiy surovnoma (http://studyheu.hrbeu.edu.cn) vebsaytida to’ldiriladi.

Ushbu tibbiy surovnoma ingliz tilida barcha paragrif va predmetlari to’g’ri va aniq to’ldirilib, shifokor imzosi va rasmiy muhr bilan tasdiqlanishi shart. OITS  sertifekati ilova qilinishi shart.

  1. Pasport nusxasi (2 ta).
  2. 3x4 rasm (2 ta).

Dastur uchun barcha zarur hujjatlar sentyabr oyi qabuli uchun 2016 yil 28 fevralgacha taqdim etilishi lozim.

  1. : Dastur uchun taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.

 SamDAQI Xalqaro aloqalar bo’limi