14 yanvar tadbirlar rejasi

SamDAQI da “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlab o’tkaziladigan
TADBIRLAR REJASI.

  • 2016 yil 11 yanvar kuni soat 11-00 da 75061-sonli  Kimyogarlar qurg’onidagi 75061- harbiy qismda SamDAQI professor-o’qituvchilari hamda talabalari bilan askar yigitlarining uvrashuvi bo’lib o’tadi.
  • 2016 yil 11 yanvar kuni  soat 14-00 da MKK fakultetida “Armiya - mening faxrim” mavzusida “Ijtiomiy fanlar” kafedrasi o’qituvchilari “Kamolot” YoIH,  xotin-qizlar qo’mitasi hamkorligida davra suhbati bo’lib o’tadi.
  • 2016 yil 12 yanvar kuni soat 11-00 da Chuponotadagi 84112-sonli  harbiy qismda SamDAQI professor-o’qituvchilari va  talabalarining askar yigitlar bilan  uchrashuvi bo’lib o’tadi.
  • 2016 yil 12 yanvar kuni soat 15-30 da  “Qurilish” fakultetida “O’zbek yigiti - mustaqillik posboni” nomli davra suhbati bo’lib o’tadi. Davra suhbati “O’zbekiston tarixi” kafedrasi professor-o’qituvchilari, IIB xodimlari bilan hamkorlikda o’tkaziladi.
  • 2016 yil 13 yanvar kuni soat 14-00 da “Aarxitektura” fakultetida institut  xotin-qizlar ko’mitasi boshlang’ich tashkilotining tashabbusi bilan “Ona yurtni mart o’g’lonlar qo’riqlaydi” nomli adabiy kecha bo’lib o’tadi.
  • 2016 yil 13 yanvar kuni soat 15-30 da “Qurilishni boshqarish” fakultetida “Tinchlik uchun kurashmoq kerak” nomli davra suhbati bo’lib o’tadi. Davra suhbatida institut ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, Viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi vakillari qatnashadi.
  • 2016 yil 14 yanvar kuni soat 14-00 da institutda “14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni” - ga bag’ishlangan “E’zozimizdasiz” nomli tantanali yig’ilish va bayram  kechasi bo’lib o’tadi.
  • Bundan tashqari 2016 yil 12 yanvar kuni soat 12-00 da SamDAQI faollar zalida institut hakorligida Viloyat harbiy gsharnizoni ishtirokida “Samarqand - Xorazm” TELEKO’PRIGIni  o’tkazish rejalashtirilmoqda.