“13 oktabr — Xalqaro tabiiy ofatlarni oldini olish kuni”

Joriy yilning 13 oktabr kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Qurilish” fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari oʻrtasida “13 oktabr — Xalqaro tabiiy ofatlarni oldini olish kuni” munosabati bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. 

Institutning faollar zalida tashkil etilgan davra suhbatida “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri H.X.Rozzoqov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati boshligʻi hamda yongʻin boʻyicha masʼullar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va bu mavsumda favqulodda holatlarning boʻlmasligi uchun nimalarga eʼtibor berish kerakligi toʻgʻrisida yigʻilganlarga soʻzlab berildi. 

Shundan soʻng viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus xodimlari tomonidan koʻrgazmali chiqishlar amalga oshirildi.

 

  

  


SamDAQI Axborot xizmati