1 oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan professor-o‘qituvchi hamda talabalar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

Vazirlikning 2018 yil 24 sentabrdagi № 87-02-2633- sonli xatiga asosan institutda professor-o‘qituvchi hamda ishchi xodimlar va talabalar o‘rtasida voleybol, stol tennisi, shaxmat sport turlari bo‘yicha fakultetlararo musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada qurilish, qurilishni boshqarish, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va arxitektura fakultetlari hamda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasidan 130 ga yaqin sportchi professor-o‘qituvchilar va talalaba-yoshlar ishtirok etishdi. Musobaqalar “Jismoniy madaniyat” kafedrasi tomonidan tashkil etildi va o‘tkazildi.

 

Umumjamoa hisobida professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar o‘rtasida o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

Voleybol (erkaklar):

I o‘rin - muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti;

II o‘rin – “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi;

III o‘rin - qurilishni boshqarish fakulteti.

Voleybol (ayollar):

I o‘rin - qurilish fakulteti;

II o‘rin – “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi;

III o‘rin - qurilishni boshqarish fakulteti.

 

Talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan sportning stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar yakuniga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

Stol tennisi:

I o‘rin - arxitektura fakulteti;

II o‘rin – muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti;

III o‘rin - qurilish fakulteti.

Shaxmat:

I o‘rin - arxitektura fakulteti;

II o‘rin - qurilish fakulteti;

III o‘rin - qurilishni boshqarish fakulteti.